Live
6
O'zbek

«Bavariya» Kompanining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi

Futbol
24 oktabr, 06:15
Myunxenliklar sport direktori Maks Eberl bosh murabbiyning holati barqaror ekanini ma’lum qildi.
«Bavariya» Kompanining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
Foto: Getty Images

«Bavariya» sport direktori Maks Eberl bosh murabbiy Vensan Kompanining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi. Belgiyalik mutaxassis juma kuni mashg‘ulot vaqtida hushidan ketganidan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan edi.

«Eng muhimi, uning holati barqaror. Bu barchamiz uchun og‘ir vaziyat bo‘ldi. U kecha maydonda hushidan ketdi va hozir shifoxonada. Shifokorlar nima sodir bo‘lganini aniq bilishlari, barcha tekshiruvlarni o‘tkazib, vaziyatni sinchiklab o‘rganishlari uchun u yana bir necha kun shifoxonada qoladi.

Bu holat futbol hayotdagi eng muhim narsa emasligini yana bir bor ko‘rsatadi. Eng muhimi — salomatlik. Barchamiz Viniga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz.

Bunday vaziyatda «Bavariya» sifatida birlashib, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Eng muhimi, nima sodir bo‘lganini aniqlash, uning sog‘ayishini ta’minlash hamda tiklanishi uchun zarur bo‘lgan xotirjamlik va vaqtni berish. U o‘zini to‘liq sog‘lom his qilganidan keyingina qaytishi kerak. Bizning asosiy vazifamiz — uni, hatto ma’lum ma’noda o‘zidan ham himoya qilish», — dedi Eberl. Uning so‘zlarini Bayern & Germany nashri X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» mutaxassisning sog‘lig‘i to‘liq tiklanmaguncha uning maydonga yoki mashg‘ulotlarga qaytishiga shoshilmasligini bildirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar