Live
6
O'zbek

Mourinio: «Sen aqllisan, men esa ahmoq emasman!»

Futbol
24 oktabr, 06:09
    6
Murabbiy jurnalist tomonidan o‘yinning taktik jihatlari to‘g‘risidagi savollariga javob berishdan bosh tortdi.
Mourinio: «Sen aqllisan, men esa ahmoq emasman!»
Foto: Gettyimages
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio jurnalistning bo‘lajak bahs oldidan taktik masalalar borasidagi savollariga javob berishni istamadi. La Liganing 10-turi doirasida «qaymoqranglilar» safarda «Barselona» bilan bahs olib boradi.

– Sizning «el klasiko» uchun rejalaringiz qanday?
– Senga javob bermayman… yaxshisi boshqa savolga o‘taylik. Rejalar, kim o‘ynashi, tizim haqidagi savollarga javob bermayman…

– [O‘sha jurnalist yana savol beradi] Kuchsiz nuqtasi [«Barselona»ning] — bu himoya, shu sababli siz ko‘proq hujum qilasizmi?
– Sen aqllisan, ammo men ahmoq emasman (kuladi)! — deya Mourinio so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS.

La Liga 9-turidan keyin Xans-Diter Flik jamoasi 27 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Joze Mourinio shogirdlari esa 21 ochko bilan uchinchi pog‘onani band etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar