«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Kamp Nou»da «Barselona» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishni maqsad qilgan. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, portugaliyalik mutaxassis ayni paytda Ispaniya chempionatidagi asosiy raqibiga qarshi bahsda muvaffaqiyat qozonishga to‘liq e’tibor qaratgan. Bungacha OAVda Mourinyo «Barselona»dan mag‘lubiyatga uchrasa, o‘z lavozimidan ayrilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etish lozim, kataloniyaliklar La Liganing dastlabki 9 ta turidan keyin hali biror marta ochko yo‘qotmagan va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 3-o‘rinda bormoqda va «Barselona»dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak klassiko La Liganing 10-turi doirasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 25-oktabrdan 26-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.