Live
11
O'zbek

«Aston Villa» Garnachoni transfer qilishdan voz kechishi mumkin — manba

Futbol
24 oktabr, 01:30
Klub futbolchi o‘z salohiyatini isbotlashi kerak deb hisoblamoqda.
«Aston Villa» Garnachoni transfer qilishdan voz kechishi mumkin — manba
Foto: Getty Images

«Aston Villa» o‘z tarkibiga transfer huquqlari «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan Alejandro Garnachoni qo‘shib olishdan voz kechish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22 yoshli argentinalik futbolchi yozda «Chelsi»dan ijara asosida birminghemliklar safiga qo‘shilgan. Bitimda 43 million funt evaziga transferni amalga oshirish bandi mavjud bo‘lib, u futbolchining ma’lum miqdordagi o‘yinlarda ishtirok etishi sharti bilan faollashadi.

2026/2027 yilgi mavsum boshidan buyon Garnacho maydonda jami 60 daqiqa harakat qildi va besh marta zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Agar futbolchining o‘yini yaxshilanmasa, «Aston Villa» majburiy transferdan qochish uchun uning maydondagi vaqtini cheklashga tayyor. Klub futbolchi o‘z salohiyatini isbotlashi kerak deb hisoblamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Garnacho o‘tgan mavsumda «Chelsi» safida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan. Transfermarkt portali uning transfer narxini 22 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar