Live
11
O'zbek

«Chelsi» Fermin Lopes uchun 100 mln yevrodan ko‘proq bo‘lgan taklif tayyorlamoqda

Futbol
24 oktabr, 00:40
Londonliklar yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan voz kechmayapti.
«Chelsi» Fermin Lopes uchun 100 mln yevrodan ko‘proq bo‘lgan taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

«Chelsi» o‘z tarkibiga «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesni qo‘shib olishga yana bir bor urinib ko‘rmoqchi. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yozgi transfer oynasidagi muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin London klubi ispaniyalik futbolchi nomzodiga qaytish va 100 million yevrodan ko‘proq bo‘lgan taklif tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Bunday katta summa kataloniyaliklar rahbariyatini murakkab tanlov qarshisida qoldirishi mumkin. Biroq bu klub muzokaralarni boshlashga rozi bo‘lishini anglatmaydi. «Barselona» futbolchini saqlab qolishdan manfaatdor va uni jamoadan ketkazishni istamayapti.

Ma’lumot o‘rnida, Transfermarkt portali 23 yoshli yarim himoyachining transfer narxini 110 million yevroga baholamoqda. Fermin Lopesning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq «Barselona» Ferminni «Chelsi»ga 500 million yevro to‘lansagina qo‘yib yuborishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar