Angliya milliy jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellinghem «Real» bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha ijobiy muzokaralar olib bordi. Bu haqda BBC Sports xabar berdi.
Qayd etish lozim, futbolchining madridliklar bilan amaldagi kelishuvi 2029-yil 30-iyunga qadar amal qiladi. Bungacha Ispaniya ommaviy axborot vositalari 23 yoshli angliyalik yarim himoyachi bilan yangi shartnoma 2031-yilgacha tuzilishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Yangi kelishuv imzolansa, Judning «Real» bilan shartnomasi amaldagi muddatidan keyin yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Bellinghem 2023-yilda Dortmundning «Borussiya» klubidan «Real»ga ko‘chib o‘tgan. U bu mavsum barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Avvalroq Bellinghem kelajakda APLda o‘ynashni istayotgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi