Bugun
34
O'zbek

Mourinio klasikoda asosiy tarkibda tushadigan 9 futbolchisini aniqlab bo‘ldi

Futbol
23 oktabr, 02:10
«Real» bosh murabbiyini faqat markaziy himoya chizig‘i o‘ylantirmoqda.
Mourinio klasikoda asosiy tarkibda tushadigan 9 futbolchisini aniqlab bo‘ldi
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

«Real» 25 oktabr, yakshanba kuni «Kamp Nou» stadionida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan La Liga o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Marca nashri xabar berishicha, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinio asosiy tarkibda maydonga tushadigan 9 nafar futbolchini allaqachon tanlab bo‘lgan. Portugaliyalik mutaxassisda faqat markaziy himoyaning ikki futbolchisi borasida shubhalar qolmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, himoyaning o‘ng qanotida yana Federiko Valverde o‘ynaydi. Tayanch yarimhimoyasida esa Eduardo Kamavinga va Orelien Chuameni harakat qiladi. Arda Guler nominal o‘ng qanot hujumchisi sifatida maydonga tushsa, Yan Diomande hujumning chap qanotida o‘ynaydi.

«El Klasiko» Toshkent vaqti bilan dushanbaga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar