Live
2
O'zbek

Trent «Liverpul»ga qaytishi mumkin

Futbol
19 oktabr, 10:53
Himoyachi «Real» asosiy tarkibidan muntazam joy ololmayapti.
Trent «Liverpul»ga qaytishi mumkin
Foto: Getty Images

Angliyalik o‘ng qanot himoyachisi Trent Alexander-Arnoldning «Real»dagi faoliyati yomon kechmoqda. Futbolchi jamoaning asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin egallay olmayapti.

«Sevilya»ga (4:1) qarshi o‘tgan so‘nggi uchrashuvda Joze Mourinyo himoyaning o‘ng qanotida Trent Alexander-Arnoldga emas, urugvaylik Federiko Valverdega ishonch bildirdi.

Teamtalk nashri xabar berishicha, bunday vaziyat 28 yoshli futbolchining «Liverpul»ga qaytishi uchun yo‘l ochishi mumkin. Uning transferi kelasi yili amalga oshishi ehtimoldan xoli emas. «Qizillar» safida Alexander-Arnold o‘zini dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilaridan biri sifatida namoyon etgan.

Trentning «Real» bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. Uning transfer qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar