«Liverpul» klubi «Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar bosh murabbiyi Andoni Iraola ispaniyalik futbolchini jamoasida ko‘rishni istamoqda.
Mutaxassis Lopesni «qizillar»ni tark etishi mumkin bo‘lgan Florian Virtsga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, ingliz klubi Lopesning transferi uchun 140 million yevro sarflashga tayyor.
Germaniyalik yarimhimoyachining kelajagi hozircha noaniq. Uning xizmatlariga «Bavariya», «Borussiya D», «Chelsi», «Nyukasl» va Saudiya Arabistonining «Al Hilol» jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fermin «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil yozigacha mo‘ljallangan.