Bugun
26
O'zbek

Allegri: «Budyo Glimt» qarshi hujumlarda xavfli harakat qilishadi»

Futbol
19 oktabr, 16:34
Neapol klubi ustozi jamoasining bo‘lajak raqibi haqida fikr bildirdi.
Allegri: «Budyo Glimt» qarshi hujumlarda xavfli harakat qilishadi»
Фото: Getty Images
20.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Napoli Napoli - : - Bodoe/Glimt Bodoe/Glimt

«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar ligasida «Budyo Glimt»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi.

«Bizni qiyin uchrashuv kutmoqda. «Budyo Glimt» o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etgan. Bu juda kuchli va tezkor jamoa. Ular qarshi hujumlarda ayniqsa xavfli harakat qilishadi. Myunxenda 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lishganiga qaramay, yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

Raqib to‘pni egallab olgan vaziyatlarda katta xavf tug‘diradi. Shuning uchun ularga qarshi juda yuqori saviyada o‘ynashimiz kerak», — deya Allegrining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, norvegiyaliklar Chempionlar ligasidagi avvalgi uchrashuvida «Borussiya D»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 20 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Bodoe/Glimt Bodoe/Glimt
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar