«Barselona» prezidenti Joan Laporta hujumchi Kilian Mbappe «Real»ni kuchaytira olmagani haqidagi fikrlarini bildirdi.
Fransiyalik futbolchi 2024 yil yozidan buyon «qaymoqranglilar» safida to‘p tepmoqda. Ungacha «PSJ» va «Monako» klublarida o‘ynagan.
«Bu haqda avval ham aytganman. Bir katakda bittadan ortiq xo‘roz bo‘lishi mumkin emas. Bu hech qachon ish bermaydi! Futbolda eng muhimi — jamoa va jamoaviy ruh. Agar bular bo‘lmasa, loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Bu — «Barselona»ning kuchli jihatlaridan biri. Bizning jamoamizda buyuk iqtidorlar, «La Masia» tarbiyalanuvchilari va turli futbol madaniyatiga ega o‘yinchilar bor. Shunga qaramay, biz o‘zaro ajoyib uyg‘unlikka ega jamoa tuzishga muvaffaq bo‘ldik.
Bunday vaziyatni jamoani rivojlantirish ustida ishlayotgan ajoyib bosh murabbiy va sport direktori yaratdi. «Real» esa yirik transferlarni amalga oshirish va yulduz futbolchilarni tarkibga jalb qilishni afzal ko‘rdi», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
«Bir katakka bitta xo‘roz yetadi» — Laporta Mbappe «Real»ni kuchaytirolmagani haqida
Futbol
19 oktabr, 10:28
50
«Barselona» prezidenti kataloniyaliklar va Madrid klubining transfer siyosatini solishtirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi