Bugun
26
O'zbek

Semenyo jarohat sabab kamida ikki oyga safdan chiqdi

Futbol
19 oktabr, 12:25
    4
Ganalik futbolchi «Ipsvich»ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Semenyo jarohat sabab kamida ikki oyga safdan chiqdi
Фото: Getty Images

«Manchester Siti»ning vingери Antuan Semenyo tizzasidan olgan jarohati sabab taxminan sakkiz hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Enso Mareska ma’lum qildi.

Ganalik futbolchi Angliya Premyer-ligasida «Ipsvich»ga qarshi kechgan bahsda oyog‘idan zarba olib, jarohatlandi. Semenyo ushbu bahsda atigi 13 daqiqa harakat qildi.

«Holland o‘yinga tayyor bo‘lishi mumkin, buni hali ko‘ramiz. Uning holati borasida ayrim shubhalar bor. Kecha ancha yaxshi ko‘rindi, ahvoli ham yaxshilangan.

Qolgan futbolchilarning holati deyarli yaxshi. Faqat Antuan taxminan sakkiz haftaga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin. Dastlab uning jarohati ancha jiddiy bo‘lishidan xavotir olgandik. Ammo kechagi tibbiy tekshiruv natijalaridan keyin ancha xotirjam bo‘ldik. Chunki jarohat biz o‘ylagandek og‘ir emas ekan.

Tiklanish jarayoni sakkiz haftagacha davom etishi mumkin. Hozir u uchun eng muhimi — sog‘ayib olish. Taxminan dekabr oyida u yana safimizda bo‘ladi», — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar