Angliya Premer-ligasining 7-turida «Tottenhem» va «Koventri» o‘zaro bellashdi. Unda Roberto De Zerbi boshqaruvidagi «taqachilar» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 14-daqiqada Jeyms Meddison hisobni ochdi. 49-daqiqada Rudoni muvozanatni tikladi. 58-daqiqada Omar Marmush ilk goliga mualliflik qildi. 90+6-daqiqada Devis yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Bu g‘alabadan so‘ng De Zerbi jamoasi ochkolari sonini 6 taga yetkazib, 16-o‘ringa ko‘tarildi. «Koventri» esa 6 ochko to‘plab, 17-o‘ringa tushdi..
APL. 7-tur
Tottenhem — Koventri 3:1
Gollar: Meddison 14, Marmush 58, Devis 90+6 – Rudoni 49.
Tottenhem — Kinski, Adarabioyo (Mateush Fernandesh, 71), van Hekke, van de Ven, Grey, Meddison (Ben Devis, 69), Robertson (Gallaher, 69), Tonali, Qudus, Solanke, Marmush.
Koventri — Rashvort, Eveyk, Pinnok, Brobbi, Da Silva, Tomas-Asant, Brendon, Rudoni, Sakamoto, Yirenki (Oneka, 60), Grimes, Sherif (Avoniyi, 60).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi