«Tottenhem» qishki transfer oynasida yangi hujumchini sotib olishni rejalashtirmoqda. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi yanvar oyidagi transferlar uchun besh nafar nomzodni belgilab olgan.
Ro‘yxatdan «Benfika» hujumchisi Pavlidis, «Espanyol» vakili Roberto Fernandes, Madridning «Real» klubida to‘p surayotgan Endrik, «Frayburg» futbolchisi Matanovich va «Kristal Pelas» hujumchisi Mateta joy olgan.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» Angliya Premyer-ligasining dastlabki olti turida bor-yo‘g‘i uch ochko jamg‘argan va hali birorta ham g‘alabaga erishmagan.
Eslatib o‘tamiz, London klubi 19-oktyabr kuni Premyer-liganing yettinchi turi doirasida «Koventri»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da, 20-oktyabrga o‘tar kechasi boshlanadi.