Live
5
O'zbek

Shaxmat. Tarixda ilk bor O‘zbekiston vakili jahon reytingida 3-o‘ringa ko‘tarildi

Boshqalar
16 oktabr, 16:40
    8
Karuananing AQShdagi mag‘lubiyati Sindarovni 3-pog‘onaga olib chiqdi.
Shaxmat. Tarixda ilk bor O‘zbekiston vakili jahon reytingida 3-o‘ringa ko‘tarildi
Foto: UzChess

Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik grossmeyster klassik shaxmat bo‘yicha jahon reytingida 3-o‘ringa ko‘tarildi.

AQSh chempionatida Fabiano Karuana Endi Vudvordga mag‘lub bo‘lgach, Javohir Sindarov 2782 reyting bilan dunyoning 3-raqamli shaxmatchisiga aylandi. Undan faqat Magnus Karlsen (2823) va Hikaru Nakamura (2792) oldinda.

Yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov esa 2780 reyting bilan 5-pog‘onada.

Shu tariqa dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisidan ikki nafari O‘zbekiston vakili bo‘lib turibdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar