Live
3
O'zbek

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Boks
17 oktabr, 15:59
    6
Solomon Dakresga qarshi jang 10 raund davom etdi.
Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Фото: Boxing Uzbekistan

Buyuk Britaniya poytaxti Londondagi O2 Arena majmuasida katta professional boks oqshomi o‘tkazilmoqda.

Musobaqada ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni, o‘zbekistonlik super og‘ir vazn bokschisi Bahodir Jalolov britaniyalik Solomon Dakresga qarshi ringga chiqdi. Super og‘ir vazn toifasidagi 10 raundlik bahs to‘liq davom etdi. Yakunda Bahodir raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, Jalolov professional ringdagi rekordida endi 18 ta g‘alabaga ega, shundan 15 tasi nokaut bilan qo‘lga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov so‘nggi jangini 9 may kuni Manchesterda o‘tkazgan edi. O‘shanda u xorvatiyalik Agron Smakichni nokautga uchratgan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar