Bugun
30
O'zbek

Alisher Usmonov «Everton»ni qayta sotib olmoqchi — manba

Futbol
16 oktabr, 16:20
    4
Ammo hamon milliarderga Buyuk Britaniyaga kirish taqiqi amalda.
Alisher Usmonov «Everton»ni qayta sotib olmoqchi — manba
Foto: Getty Images

O‘zbekistonda tug‘ilgan, Rossiya fuqaroligini qabul qilgan milliarder Alisher Usmonov Angliya Premer-ligasida ishtirok etuvchi «Everton» klubi ustidan nazoratni qayta qo‘lga kiritish va unga katta miqdorda sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Alan Breyzil o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

«Men bu ma’lumotni tasdiqlay olmayman, ammo Usmonov «Everton»ga qaytishga harakat qilayotgani haqida xabarlar yetib keldi. Uning juda-juda ko‘p mablag‘i bor. Chamasi, janob Usmonov imkoni bo‘lsa, «Everton»ga qaytib, klubga salmoqli miqdorda sarmoya kiritishga urinmoqda», — deya Breyzilning so‘zlaridan iqtibos keltiradi talkSPORT nashri.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Alisher Usmonovning boyligi 12,5 milliard yevroga baholanadi. «Everton» 2022-yil mart oyida milliarderga tegishli kompaniyalar bilan tuzilgan homiylik shartnomalarini to‘xtatgandi.

Avvalroq Usmonov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilgan. Biroq Buyuk Britaniyaga kirish taqiqi va uning aktivlarini muzlatish choralari hanuz kuchda qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar