«Surxon» klubi 24-turda «Xorazm»ga qarshi bahs olib bordi. O‘yinda hisob ochilmadi. Termizliklar ustozi Anvar G‘ofurov esa matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Ikkala jamoaga ham ochko kerak. Ikkala jamoa ham ochko olishga harakat qildi. Yetarli vaziyatlar ham bo‘ldi. Qaysidir vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmayapti. Lekin futbolchilarning ko‘rsatgan o‘yinidan e’tirozim yo‘q, yaxshi o‘yin namoyish qilishdi. Ishonaman va umid qilamanki, bizda natija bo‘ladi. Chunki o‘yinchilar katta mehnat qilib, har bir uchrashuvda ko‘p kuch sarflashyapti.
Balki men futbolga boshqacha qararman, jamoamizda o‘yin sur’ati bor. Futbolda bu narsa bo‘lishi kerak va bu bizda bor. Faqat ayrim joylarda sovuqqonlik, tajriba yetishmayapti.
Tan olishimiz kerak, raqib ham yaxshi futbolchilar va murabbiylardan iborat. Yaxshi jamoa. Oxirgi o‘yinlardan iliq taassurot qoldiryapti, deb o‘ylayman. Tajribali futbolchilarga ega.
Ularga ham, bizga ham kelasi uchrashuvlarda omad tilayman. Muxlislarimizga alohida rahmat. Stadionga kelib bizni qo‘llashmoqda. G‘alaba bilan ularni xursand qilishga harakat qilamiz», — deya G‘ofurovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Anvar G‘ofurov: «Balki, men futbolga boshqacha qararman»
Futbol
16 oktabr, 15:31
«Surxon» bosh murabbiyi «Xorazm» bilan bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: UzPFL
16.10.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Surxon
0
:
0
Xorazm