Live
3
O'zbek

Rasman: «Mash’al» Proligaga tushib ketdi

Futbol
16 oktabr, 13:03
    5
Superliga yakuniga 6 ta tur qolganida Muborak klubining yuqori divizionni tark etishi aniq bo‘ldi.
Rasman: «Mash’al» Proligaga tushib ketdi
Foto: PFC Mashʼal

O‘zbekiston chempionatining 24-turiga kelib, Proligaga tushib ketadigan jamoa aniq bo‘ldi.

So‘nggi pog‘onani egallab turgan «Mash’al» qolgan 6 ta turda g‘alaba qozonsa ham, o‘z o‘rnidan yuqorilay olmaydigan bo‘ldi. Ya’ni Muborak klubi 15-o‘rindagi «Xorazm»ga yetib olishi imkonsiz.

Shu tariqa «Mash’al» ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana Proligaga qaytadigan bo‘ldi. Jamoa 2024-yil oxirida yuqori divizionga chiqqandi, o‘tgan yili o‘tish o‘yinlari orqali Superligadagi o‘rnini saqlab qolgandi.

Ma’lumot uchun, Superligadan faqat 16-o‘rin egasi Proligaga ravona bo‘ladi. 12, 13, 14 va 15-o‘rin sohiblari esa o‘tish bahslarida ishtirok etadi.

Superliga turnir jadvali
Foto: UzPFL

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar