Live
4
O'zbek

Alonso «Chelsi»ning asosiy muammosi nimada ekanligini aytdi

Futbol
16 oktabr, 12:27
«Aristokratlar» ustozi jamoaning APL yangi mavsumidagi sermahsulligiga e’tibor qaratdi.
Alonso «Chelsi»ning asosiy muammosi nimada ekanligini aytdi
Foto: Gettyimages

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoasining APL yangi mavsumidagi samaradorligi haqida gapirdi.

Dastlabki 6 ta turda «ko‘klar» 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘z navbatida Alonso shogirdlari o‘z darvozalaridan 13 ta to‘p olib chiqishdi.

«Umid qilamanki, shu ruhda davom etamiz. Bu bizning maqsadimiz. Bu qadar ko‘p gol o‘tkazib yuborish mumkin emasligi haqida gapirgandik. Agar biz hozirgi natijadorligimizni yaxshilasak yoki saqlab qolsak va kamroq o‘tkazib yuborsak, ahvolimiz yaxshilanadi. Ammo o‘yindan o‘yinga harakatlanish zarur. Ertaga oson bo‘lmaydi, ammo biz bu bellashuvni intiqlik bilan kutmoqdamiz», - deya Alonso so‘zlaridan iqtibos keltirdi BBC.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» avvalgi turda «Bornmut»ga umuman imkon qoldirmadi (5:1). Londonliklarning Angliya Premer-ligasida navbatdagi raqibi «Everton» klubi bo‘ladi. Ushbu bahs 17 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar