Live
6
O'zbek

Vinisiusning diskvalifikatsiyasi o‘z kuchida qoladigan bo‘ldi

Futbol
16 oktabr, 08:46
    36
Braziliyalik vinger La Liganing navbatdagi 4 ta o‘yinida madridliklarga yordam bera olmaydi.
Vinisiusning diskvalifikatsiyasi o‘z kuchida qoladigan bo‘ldi
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior bir necha kun avval Ispaniya La Ligasining keyingi to‘rtta o‘yinidan chetlatilgan edi. Braziliyalik futbolchi «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda raqibining sochidan tortganidan so‘ng, maydondan chetlatilgan, keyinroq Vinisius Juniorning harakatlari qayta ko‘rib chiqilgan va unga 4 o‘yinlik jazo tayinlangandi.

The Touchline nashrining xabar berishicha, «Real»ning Vinisiusning diskvalifikatsiyasi borasidagi apellyatsiyasi rad etilgan. Qaror o‘z kuchida qoldi — braziliyalik hujumchi chempionatning to‘rtta o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Shunday qilib, Joze Mourinio «Sevilya» (18-oktyabr), «Barselona» (25-oktyabr), «Rasing» (1-noyabr) va «Valensiya» (7-noyabr) ga qarshi bellashuvlarda Vinisius Junior xizmatlaridan foydalana olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 8-turdan keyin 18 ochko jamg‘argan «qaymoqranglilar» La Liga musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band etib turibdi.

Ma’lumot uchun, avvalroq Joze Mourinio braziliyalik futbolchini hattoki Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinlarda ham maydonga tushirmay turishga qaror qilgani haqida xabar bergandik.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

36 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar