Yevropa Konferensiyalar ligasi 1-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi. «Lugano» o‘z maydonida «Crvena Zvezda»ni qabul qilib, irodali tarzda g‘alaba qozondi. Uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ilk daqiqalardan maydonda harakat qilib, 73-daqiqada zaxiraga olindi.
«Monako» esa Sofiyada CSKAdan ustun keldi. Monegasklar safida Ansu Fati gol urdi. «Ayaks» «Hayduk» mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida yengildi.
Yevropa Konferensiyalar ligasi. 1-tur
Lugano – Crvena Zvezda 3:2
Gollar: Ayeti 25, Monkada 84, Grgich 89 penalti – Elsnik 32, Krunich 67
Lugano — fon Ballmos, Papadopulos, Mai, Delkrua (Alioski, 79), Behruz KARIMOV (Monkada, 73), Ayeti, Grgich, Stefan, Chiminiani, Bislimi, dos Santos (Espinosa, 79).
CSKA Sofiya — Monako 1:2
Gollar: Zvarts 76 – Brunner 3, Fati 43
Hayduk — Ayaks 2:1
Gollar: Sanyang 37, Sotisek 55 – Klaassen 53
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi