Live
18
O'zbek

Mirjalol Qosimov: «Mash’al taqdirga tan berib kelasi yilgi tayyorgarlik ko‘ryapti, deb aytish mumkin»

Eksklyuziv
15 oktabr, 14:57
Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.
Mirjalol Qosimov: «Mash’al taqdirga tan berib kelasi yilgi tayyorgarlik ko‘ryapti, deb aytish mumkin»
Фото: Tribuna.uz
15.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Mashal Mashal 0 : 1 ОКМК ОКМК

«Mash’al» - OKMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugungi o‘yinga keladigan bo‘lsak, oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Shuning uchun ham hozir FIFA kunlaridan keyin o‘yinlar tez-tez o‘tkazilyapti, qisqa muddat ichida maydonga tushishimizga to‘g‘ri kelyapti.

«Navbahor»ga qarshi o‘yinda ham ko‘p kuch yo‘qotgandik, yigitlar juda ko‘p harakat qilishdi. Yana to‘rt kundan keyin o‘yinimiz borligini ham hisobga olib, rotatsiya amalga oshirildi va boshqa futbolchilarga ham imkoniyat berildi. Ular yomon ko‘rinishgani yo‘q.

Albatta, oson o‘yinning o‘zi yo‘q. «Mash’al» jamoasi ham bor kuchi va mahoratini namoyish etishga harakat qildi. Lekin o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanib, yakunda 1:0 hisobida g‘alaba qozondik va uch ochkoga ega bo‘ldik.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar haqida...

- Rotatsiya qildim, deb aytyapman-ku. Ular uchrashuvni birinchi bo‘lim boshidanoq asosiy tarkibda boshlashlari ham mumkin edi. Abdurazzoqov, bu yoqda Asad, Siyovash, Ahmad... «Navbahor»ga qarshi o‘yinda ko‘p kuch yo‘qotishgan edi. Shuning uchun rotatsiya qilishga qaror qildim va bu o‘z samarasini berdi, baribir foydasi tegdi.

- Birinchi davrada o‘z maydoningizda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edingiz. Bugun esa o‘zingiz ta’kidlaganingizdek, o‘yinlar qisqa vaqt oralig‘ida o‘tkazilmoqda va tiklanish uchun vaqt kerak. Qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, 1:0 hisobida g‘alaba qozondingiz. Bugungi uchrashuv natijasi keyingi raqiblarga qarshi tayyorgarlik ko‘rishda ham sizga qandaydir foyda berdimi? Chunki Superligada oson o‘yinning o‘zi qolmayapti.

- Sizni tushundim. Albatta, har bir o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘riladi. Shu boisdan ham qo‘l ostimizdagi futbolchilar jamoaga o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Bitta tarkib bilan yil oxirigacha o‘ynab bo‘lmaydi. Shu sababli ham rotatsiya amalga oshirildi. Albatta, bu o‘z samarasini beradi va kelgusida asqotadi.

- «Mash’al» so‘nggi turlarda yosh futbolchilarga imkoniyat beryapti. Siz esa tajribali murabbiysiz, ko‘p yillardan buyon futbol ichidasiz. O‘zingiz ham futbolimiz afsonasiga aylangansiz, mashhur o‘yinlaringiz bilan muxlislar yodida qolgansiz. Ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ayting-chi, yoshlarga imkoniyat berayotgan «Mash’al» hozir to‘g‘ri yo‘ldan ketyaptimi? Bugungi va mavsumdagi vaziyatdan kelib chiqib, bu qarorni qanday baholaysiz?

- To‘g‘risini aytsam, men hech qachon... Men eng yomon ko‘radigan narsa — tashqaridan turib unga baho berish, ichiga kirmasdan turib qandaydir fikr bildirish noto‘g‘ri. Ammo yoshlarga imkoniyat berilayotganidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, menimcha, ularda kelasi yil uchun aniq vazifalar allaqachon belgilab qo‘yilgan. Shu vazifalarga qarab harakat qilishyapti. Ya’ni, yoshlarga imkoniyat berib, taqdirga tan berib kelasi yilga tayyorgarlik ko‘rishyapti, deb aytishim mumkin. Boshqa hech nima deya olmayman, albatta odam tilayman», - deya Mirjalol Qo‘shoqovichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
  • ОКМК ОКМК
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar