Lisandro Martines «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin. Chempionlar ligasi doirasida Madridning «Atletiko» klubiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘linganidan keyin argentinalik himoyachi klub rahbariyatini keskin tanqid qilgandi.
The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, Martines «Manchester Yunayted» bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas. Ayni vaqtda klub rahbariyati ham futbolchining kelishuvini uzaytirish bandini faollashtirish qanchalik maqsadga muvofiq ekanini muhokama qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Martinesning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2026/27-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Kelishuvda uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.