Live
5
O'zbek

Ronalduning opasi: «Murabbiy bilan yarashmaslik ehtimoli yuqoriroq»

Futbol
15 oktabr, 10:20
Futbolchi noyabr oyida milliy jamoaga qaytmasligi mumkin.
Ronalduning opasi: «Murabbiy bilan yarashmaslik ehtimoli yuqoriroq»
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyrudan ukasi va bosh murabbiy Jorje Jezush o‘rtasidagi ziddiyat haqida so‘rashdi.

«Menimcha, yarashish ehtimolidan ko‘ra, yarashmaslik ehtimoli yuqoriroq. Nazarimda, Krishtianu ham, Jorje Jezush ham xafa. Bu men emas, ular boshdan kechirgan vaziyat. Men esa ukamning tarafidaman. O‘ylashimcha, hozircha vaziyat bir joyda to‘xtab qolgan. Kelgusida nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Ronaldu va Jezush yarashishi mumkinmi? Bilmayman, bu juda qiyin. Senga xiyonat qilishganidan keyin avvalgidek munosabatlarni tiklash juda mushkul», — deya Aveyruning so‘zlarini keltiradi A Bola nashri.

Avvalroq Ronaldu murabbiy bilan bo‘lgan vaziyat va milliy jamoa yig‘inini nima sababdan tark etgani borasida bayonot berdi. Unda futbolchi Jezushni bergan va’dalarini buzganlikda aybladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar