Live
5
O'zbek

Rivaldo: «Braziliyaning 2030-yilgi mundialdagi g‘alabasi mo‘jiza bo‘ladi»

Futbol
15 oktabr, 09:20
Braziliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi kelasi JCHda chempionlikni qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligini ta’kidladi.
Rivaldo: «Braziliyaning 2030-yilgi mundialdagi g‘alabasi mo‘jiza bo‘ladi»
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Rivaldo mamlakat terma jamoasining 2030-yilgi jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi. Uning fikricha, braziliyaliklar uchun mundialda g‘olib chiqish juda qiyin vazifa bo‘ladi.

«Bu juda qiyin bo‘ladi. Ushbu yili Braziliyada milliy jamoaning ishtiroki ko‘pchilikda hafsalasizlik uyg‘otdi. Hozir tarkib yangilandi. Agar Braziliya 2030-yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritsa, bu mo‘jiza bo‘ladi», — deya Rivaldoning so‘zlarini «Sport-Ekspress» nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Braziliya jahon chempionatlarida besh marta g‘olib chiqqan. Mamlakat milliy jamoasi so‘nggi bor 2002-yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan. O‘shanda Rivaldo ham jamoa tarkibida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, manbada keltirilishicha, Braziliya 2026-yilgi jahon chempionatining nimchorakfinalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar