Karlо Anchelotti Braziliya milliy jamoasidagi dastlabki 18 ta o‘yin bo‘yicha eng past g‘alabalar foizini qayd etdi.
Italiyalik mutaxassis qo‘l ostida «pentakampionlar» dastlabki 18 ta bahsda atigi 10 ta g‘alabaga erishdi. Bu natija jahonning besh karra chempioni bo‘lgan jamoa tarixida shuncha vaqt ishlagan barcha murabbiylar orasida eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti Madridning «Real» klubidan ketganidan so‘ng Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. U so‘nggi bir necha o‘n yillikda «selesao»ni boshqargan ilk xorijlik murabbiy hisoblanadi.
Anchelotti Braziliya boshqaruvida antirekord o‘rnatdi
Futbol
9 oktabr, 00:52
3
Italiyalik mutaxassis dastlabki 18 o‘yinda eng past g‘alabalar foizini qayd etdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi