Bugun
36
O'zbek

Afrikaning 1980-yildagi eng yaxshi futbolchisi vafot etdi

Futbol
8 oktabr, 23:19
Kamerun FF Manga-Ongenening vafoti haqida xabar berdi.
Afrikaning 1980-yildagi eng yaxshi futbolchisi vafot etdi
Foto: Getty Images

Kamerun milliy jamoasining sobiq hujumchisi Jan Manga-Ongene Fransiya poytaxti Parij shahrida 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kamerun futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, sobiq futbolchining o‘lim sababi hozircha ma’lum emas.

Manga-Ongene klubdagi faoliyati davomida «Kanon Yaunde» jamoasida to‘p tepgan. Ushbu klub bilan birga Kamerun chempionligini 6 marta qo‘lga kiritgan va Afrika chempionlar kubogida 3 bor g‘olib bo‘lgan. Ushbu musobaqa hozirda CAF Chempionlar ligasi deb ataladi.

Kamerun milliy jamoasi safida esa 1972-yilgi Afrika Millatlar kubogida bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Hujumchi 1980-yilda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kamerun Kamerun
Bugungi yangiliklar