Bugun
36
O'zbek

UEFA'ga a'zo 55 davlatdan 54 tasi FIFA'ga nisbatan ishonchini yo'qotganini tasdiqladi

Futbol
8 oktabr, 16:21
    12
Kongressda bir assotsiatsiyadan boshqa barchasi tashkilotni isloh qilish kerakligi bo'yicha yakdil qarorga kelishdi.
UEFA'ga a'zo 55 davlatdan 54 tasi FIFA'ga nisbatan ishonchini yo'qotganini tasdiqladi
Foto: Getty Images

UEFA Berlinda tashkilot vakillari ishtirokida o'tkazilgan kongress yakunlari bo'yicha bayonot e'lon qildi.

«So'nggi oylarda tub o'zgarishlar zarurligini ta'kidlab kelgan UEFA va barcha milliy assotsiatsiyalar (Ozarboyjon futbol federatsiyasidan tashqari) FIFA'ni isloh qilishning aniq yo'nalishi bo'yicha kelishib olishdi.

Milliy assotsiatsiyalar FIFA'ning amaldagi rahbariyatiga bo'lgan ishonchini yo'qotganini yana bir bor tasdiqladi. Faqat institutsional islohotning o'zi yetarli bo'lmaydi. FIFA'ga yangi rahbariyat ham kerak: futbol olamida chuqur ildizlarga ega, hurmat qozongan va barchani birlashtira oladigan, o'z qarashlari va rahbarlik tajribasiga ega, turli mintaqalarda ishonch uyg'ota oladigan hamda rivojlanish, islohotlar, halollik va mustaqillikka so'zsiz sodiq bo'lgan lider.

FIFA islohotlari va uning kelgusi rahbariyati masalalari bo'yicha muhokamalar UEFA'ga a'zo milliy assotsiatsiyalar o'rtasida davom etadi»
, — deyiladi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi bayonotida.

Xatga ilova qilingan hujjatda UEFA'ning FIFA'ga qo'ygan talablari ham keltirilgan. Ular orasida vakolatlarni taqsimlash, FIFA Kengashining rolini kuchaytirish, qo'mitalar faoliyatini optimallashtirish («ularning aniq maqsadi va haqiqiy qiymati bo'lishi uchun»), «boshqaruvchi emas, yetakchilik qiluvchi» prezidentni saylash, o'yinlar taqvimi bo'yicha bir tomonlama qarorlar qabul qilishdan voz kechish, Xalqaro futbol federatsiyasi resurslaridan shaxsiy yoki saylovoldi maqsadlarida foydalanishni taqiqlash va boshqa talablar bor.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar