Bugun
10
O'zbek

O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi — manba

Futbol
8 oktabr, 02:45
    19
Navbatdagi FIFA kunlari 9 noyabrdan 17 noyabrgacha davom etadi.
O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi — manba
Foto: UFA

Saudiya Arabistoni milliy jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya milliy jamoalariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda «Ar Riyodiya» nashri xabar berdi.

Qayd etish lozim, navbatdagi FIFA kunlari 9 noyabrdan 17 noyabrgacha davom etadi. O‘zbekiston va Janubiy Koreya milliy jamoalariga qarshi uchrashuvlar Saudiya Arabistoni milliy jamoasining Osiyo kubogiga tayyorgarlik dasturi doirasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, sentyabr-oktyabr oylaridagi FIFA kunlarida «oq bo‘rilar» 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Fabio Kannavaro shogirdlari Eron va Suriya milliy jamoalarini mag‘lub etgan bo‘lsa, Janubiy Koreya milliy jamoasiga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 1416,61 ochko bilan jahon reytingida 59-o‘rinni egallagani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

19 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar