Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) oktabr oyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan so‘ng milliy jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘ona yuqorilab, 1416,61 ochko bilan jahon reytingida 59-o‘rinni egalladi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa FIFA kunlari doirasida uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. O‘zbekiston Eron va Suriya milliy jamoalari ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Koreya Respublikasiga imkoniyatni boy berdi.
Ushbu bahslar natijasida «oq bo‘rilar» hisobidagi ochkolar quyidagicha o‘zgardi:
Eronga qarshi g‘alaba — +6,83 ochko;
Suriyaga qarshi g‘alaba — +3,75 ochko;
Koreya Respublikasiga qarshi mag‘lubiyat — −3,70 ochko.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasi uchta uchrashuv yakunida jami 6,88 ochko ishlab oldi. Bu natija jamoaga FIFA reytingida bir pog‘ona yuqorilash imkonini berdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy jamoasi ushbu uchrashuvlar oldidan jahon reytingida 60-o‘rinni egallab turgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi