O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik bahsida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushdi. Yongin shahridagi «Yongin Mineu» stadionida o‘tgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Koreya hisobni 7-daqiqadayoq ochdi. Son Xyon Min jarima maydonidagi vaziyatdan unumli foydalanib, Abduvohid Ne’matov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi — 1:0.
O‘zbekiston tanaffusga qadar hisobni tenglashtira olmadi. Ikkinchi bo‘limda murabbiylar shtabi Aziz G‘aniyev va Doston Hamdamov o‘rniga Sherzod Esanov hamda Aziz Amonovni maydonga tushirdi.
Koreya 60-daqiqada ustunligini mustahkamladi. O Se Xun O‘zbekiston himoyachilari xatosidan foydalanib, ikkinchi golni urdi — 2:0. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston avvalgi o‘rtoqlik bahsida Eronni 3:1 hisobida mag‘lub etgandi.
O‘rtoqlik o‘yini
Janubiy Koreya — O‘zbekiston — 2:0
Gollar: Son Xyon Min 7, O Se Xun 60
Ogohlantirish: Sherzod Esanov 47
Janubiy Koreya: Cho Xyon U (Gu Son Yun, 84), Li Xan-Beom, Kim Te Xyon (84), Cho Xyon-Tek, Li Kan In (Xvan In Bom, 46), Pak Jin Sop (Kim Bon Su, 71), Li Chje Son (Son Min Gyu, 46), Xvan Xi Chxan (O Xyon Gyu, 71), O Se Xun (Chon Sin Von, 71), Son Xyon Min (Li Don Gyon, 71), Son Bom Kin.
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov — Abduqodir Husanov (Muhammadrasul Abdumajidov, 83), Behruz Karimov, Jahongir O‘rozov, Akmal Mozgovoy (Diyor Xolmatov, 83) — Odil Hamrobekov (Husayn Norchaev, 69), Aziz G‘aniyev (Sherzod Esanov, 46), Sherzod Nasrullaev (Mahmud Mahamadjonov, 69), Eldor Shomurodov, Doston Hamdamov (Aziz Amonov, 46), Abbos Fayzullayev (Aziz Xolmurodov, 83).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi