Live
3
O'zbek

Oʻzbekistonlik futbolchilarning Janubiy Koreyaga qarshi oʻyini qanday baholandi?

Futbol
6 oktabr, 11:03
Sofascore portali oʻzbekistonlik futbolchilarning Seuldagi bahsidan soʻng baholadi.
Oʻzbekistonlik futbolchilarning Janubiy Koreyaga qarshi oʻyini qanday baholandi?
Фото: ЎФА
06.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Janubiy Koreya Janubiy Koreya 2 : 0 O‘zbekiston O‘zbekiston

Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻrtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyaga qarshi bellashib, 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Bu esa Fabio Kannavaro boshqaruvidagi «oq boʻrilar»ning jahon chempionatidan keyingi ilk magʻlubiyati boʻldi. Sofascore portali oʻzbekistonlik futbolchilarning Seuldagi bahsidan soʻng baholadi.

Unga koʻra, Jahongir Oʻrozov (7,3 ball) va Abbosbek Fayzullayev (6,8 ball) eng yuqori bahoga loyiq topildi. Asosiy tarkibda maydonga tushganlar orasida eng past ball Abduvohid Neʼmatovda (5,7 ball) qayd etildi.

Oʻzbekiston milliy jamoasi asosiy tarkib futbolchilariga qoʻyilgan baholar:

Abduvohid Neʼmatov — 5,7 ball
Abduqodir Husanov — 6,8 ball
Behruz Karimov — 5,9 ball
Jahongir Oʻrozov — 7,3 ball
Sherzod Nasrullayev — 5,9 ball
Odil Hamrobekov — 6,5 ball
Akmal Mozgovoy — 6,7 ball
Aziz Gʻaniyev — 6,6 ball
Abbosbek Fayzullayev — 6,8 ball
Dostonbek Hamdamov — 6,4 ball
Eldor Shomurodov — 6,3 ball

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Janubiy Koreya Janubiy Koreya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar