Live
1
O'zbek

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya milliy jamoalari oʻrtasidagi oʻzaro uchrashuvlar tarixi

Futbol
5 oktabr, 02:40
    29
Oʻzbekiston milliy jamoasi koreyaliklarga qarshi yagona gʻalabasini 1994-yilda qoʻlga kiritgan.
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya milliy jamoalari oʻrtasidagi oʻzaro uchrashuvlar tarixi
Foto: UFA
06.10.2026, 07:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Janubiy Koreya Janubiy Koreya - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Ertaga, 6-oktabr kuni Oʻzbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasidagi soʻnggi oʻrtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

Ikki milliy jamoa shu kunga qadar jami 16 marta oʻzaro toʻqnash kelgan. Ushbu bahslarning bittasida Oʻzbekiston gʻalaba qozongan, 4 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan va 11 marta Janubiy Koreya ustun kelgan. Toʻplar nisbati — 14:34.

Oʻzbekiston koreyaliklarga qarshi yagona gʻalabasini 1994-yilda qoʻlga kiritgan. Oʻshanda milliy jamoamiz raqibni 1:0 hisobida magʻlub etgan edi.

Milliy jamoalar oʻrtasidagi soʻnggi uchrashuv esa 2018-yilda FIFA kunlari doirasidagi oʻrtoqlik bahsida boʻlib oʻtgan. Unda Janubiy Koreya yirik 4:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Shu tariqa, Oʻzbekiston milliy jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi 32 yildan buyon ilk gʻalabasini qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega. Shuningdek, bu ikki jamoaning sakkiz yillik tanaffusdan keyingi ilk oʻzaro uchrashuvi boʻladi.

Maʼlumot oʻrnida, jamoalar oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi 6-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: OʻFA matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Janubiy Koreya Janubiy Koreya
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

29 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar