«Barselona» Xavi Espart bilan shartnomani uzaytiradi.
«Ko‘k-anorranglilar» klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 19 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma 2030 yilgacha mo‘ljallanganini e’lon qildi. Hujjatlarni imzolash yaqin kunlarda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Espart 2015 yilda kataloniyaliklar akademiyasiga qo‘shilgan va 2026 yil mart oyida asosiy jamoa safida debyut qilgan.
Himoya va yarim himoyada o‘ynay oladigan futbolchi bu mavsumda La Ligada 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va raqiblar darvozasiga 1 ta gol ham urdi.
«Barselona» Espart bilan shartnomani uzaytirdi
Futbol
8 oktabr, 22:30
Klub 19 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Foto: Getty Images