Bugun
36
O'zbek

Silva: «Oltin to‘p»ni Ruisga bergan bo‘lardim»

Futbol
8 oktabr, 14:25
    11
Ispaniyalik yarimhimoyachi bu boradagi fikrlarini izohladi.
Silva: «Oltin to‘p»ni Ruisga bergan bo‘lardim»
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi David Silva «Oltin to‘p» mukofotini hamyurti Fabian Ruisga bergan bo‘lardi.

«Men uchun jamoaviy o‘yin — eng muhimi. Chunki jamoaviy harakatsiz g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Agar mukofotni bir kishiga berishim kerak bo‘lganida, Fabianni tanlardim. Chunki so‘nggi ikki yil ichida u eng ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

U «PSJ»da va Ispaniya milliy jamoasida muhim futbolchi bo‘ldi. U yetarlicha qadrlanmayapti, nima uchunligini bilmayman, axir u — ajoyib futbolchi. Unga juda havas qilaman. U doimo soyada qolgan holda ham fantastik ishlarni amalga oshirdi.

Rodri «Oltin to‘p»ni allaqachon qo‘lga kiritgan, aks holda uni ham tilga olgan bo‘lardim»,
— dedi Silva El Partidazo efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar