Bugun
36
O'zbek

Ferranning avtomobili yo‘lda buzilib qoldi

Futbol
8 oktabr, 15:11
Natijada «PSJ» hujumchisi yordam kutish vaqtida muxlislar qurshovida qoldi va ularga dastxat berdi.
Ferranning avtomobili yo‘lda buzilib qoldi
Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Ferran Torres yo‘lda noodatiy vaziyatga duch keldi: uning avtomobilining shinasi teshilib qoldi va futbolchi yo‘lning o‘zida yordam kutishga majbur bo‘ldi.

Ispaniya milliy jamoasi forvardi avtomobil muammosini telefon orqali hal qilayotgan paytda uning oldiga muxlislar keldi. Ferran muxlislarni rad etmadi va ularga dastxat bera boshladi.

Keyinroq Torresning oldiga qora mikroavtobus keldi. Futbolchi unga o‘tirib, jo‘nab ketdi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli forvard bu mavsumda Liga 1da 5 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar