UFC sobiq jangchisi va Strikeforce tashkilotining o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempionlik da’vogari Tim Kennedi Kongo Demokratik Respublikasidagi otishma paytida yaralangan. Bu haqda MMAWeekly nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avval AQSh armiyasining maxsus bo‘linmasida snayper bo‘lib xizmat qilgan Kennedi o‘z otryadi bilan birga dushman hujumiga uchragan. Otishma davomida uning oyog‘iga 3 ta o‘q tekkan. Shundan so‘ng u AQShga evakuatsiya qilingan.
Hozircha ushbu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
Tim Kennedining MMAdagi rekordi — 18 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat. U UFC’da beshta jang o‘tkazib, ularning uchtasida g‘alaba qozongan.
