Bugun
36
O'zbek

Ronalduning onasi: «O‘g‘lim old eshikdan parad bilan chiqib ketishi mumkin edi, ammo orqa eshikdan ketdi»

Futbol
8 oktabr, 22:52
    11
Dolores Aveiru Krishtianuning Portugaliya milliy jamoasini tark etganiga munosabat bildirdi.
Ronalduning onasi: «O‘g‘lim old eshikdan parad bilan chiqib ketishi mumkin edi, ammo orqa eshikdan ketdi»
Foto: Getty Images

Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveiru o‘g‘lining Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan ziddiyat fonida Portugaliya milliy jamoasini tark etganiga munosabat bildirdi.

«Xafa bo‘lganim — tabiiy hol. Bu men uchun shok bo‘ldi. O‘g‘lim old eshikdan parad bilan chiqib ketishi mumkin edi, ammo u orqa eshikdan ketdi. Lekin, mayli, hammasini Yaratganning o‘zi izga soladi…

Biroz yig‘ladim. His-tuyg‘ularni tashqariga chiqarish ham yaxshi. Endi bu sahifani yopib, oldinga qarash kerak.

U menga: «Ona, xavotir olmang, hammamiz birga bo‘lganimizda sizga haqiqatni aytib beraman», dedi. Men esa: «Xo‘p, o‘g‘lim, buni ham boshdan o‘tkazishimiz kerak», deb javob berdim. Shu bilan gap tugadi.

Unga tinchlanishni aytdim, ammo u o‘z aqli bilan shunday qarorga keldi. Ko‘ramiz, nima bo‘lar ekan. Uni qo‘llab-quvvatladim, lekin bu yordam bermadi.

Lekin u Portugaliya uchun juda ko‘p ish qildi. Shuning uchun hamisha biz bilan bo‘ladi. U doimo Portugaliya qahramoni bo‘lib kelgan. Krishtianuni munosib darajada qadrlashmayapti»,
— dedi 71 yoshli ayol TV 7 Dias nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar