«Real» Tibo Kurtua bilan yangi shartnoma tuzmoqchi.
Amaldagi bitim 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Insayder Fabrizio Romanoning ta’kidlashicha, Madrid klubi 34 yoshli belgiyalikka to‘liq ishonch bildirmoqda va uni hanuz dunyodagi eng yaxshi darvozabon deb hisoblamoqda.
Kelishuvni yaqin vaqt ichida uzaytirish rejalashtirilmoqda.
Kurtua ushbu mavsumda La Ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 bor to‘p o‘tkazib yubordi.
«Real» Kurtua bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Futbol
8 oktabr, 15:58
Madrid klubi 34 yoshli belgiyalikni dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb hisoblaydi.
Foto: Getty Images