Live
1
O'zbek

Ernandes Ernandes 7-bor «El Klasiko»ni boshqaradi

Futbol
8 oktabr, 11:18
    13
U ishlagan klasikolarda «Real» faqat bir bor g‘alaba qozongan.
Ernandes Ernandes 7-bor «El Klasiko»ni boshqaradi
Foto: Getty Images
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi bahsning bosh hakami etib Alejandro Ernandes Ernandes tayinlandi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

La Liganing 10-turidan o‘rin olgan o‘yin 25 oktabr kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.

43 yoshli hakam uchun bu faoliyatidagi yettinchi «El Klasiko» bo‘ladi. U boshqargan avvalgi oltita klassikoning uchtasida kataloniyaliklar g‘alaba qozongan, ikkitasida durang qayd etilgan, yana bir bellashuvda esa madridliklar ustun kelgan.

Bu mavsumda «Real» klubi Ernandes Ernandesning «Betis»ga qarshi o‘yindagi hakamligidan norozilik bildirgandi. O‘shanda hakam hujum rivojlanishi davomida ofsayd qayd etilgani sababli hujumchi Karlos Espinining golini bekor qilgan va, shuningdek, madridliklarga penaltini qayta tepishga ruxsat bermagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh +8 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar