Live
1
O'zbek

Pyotr Yan: «Yuqori vaznga ko‘tarilib, Volkanovskini urishni istamayman»

MMA
8 oktabr, 08:56
Rossiyalik atlet yarim yengil vaznda chempionlik kamari uchun jang qilishni rejalashtirmayapti.
Pyotr Yan: «Yuqori vaznga ko‘tarilib, Volkanovskini urishni istamayman»
Foto: Getty Images

UFC’ning eng yengil vazn toifasidagi chempioni Pyotr Yan Aleksandr Volkanovskiga qarshi yarim yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun jang qilishni rejalashtirmayapti.

«Ehtimol, yuqori vaznga ko‘tarilgan bo‘lardim. Lekin 66 kg vazn toifasidagi chempion — mening do‘stim Aleks (Volkanovski). U bilan jang qilishni va uni urishni istamayman», — dedi Yan.

Volkanovski va Yan 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 333 turnirida chempionlik janglarida ishtirok etadi.

Bugungi yangiliklar