«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio faoliyati davomida hakamlik borasida ko‘p bor shikoyat qilgani haqida gapirdi. Portugaliyalik mutaxassis ayrim klublarda faoliyat yuritgan davrida yuzaga kelgan vaziyatlar uning jamoalariga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.
«Hakamlar? Muammo menda deb o‘ylamayman. Men shunchaki ma’lum bir klubga kelgan paytimning o‘zi omadsiz bo‘ladi, deb hisoblayman. Bu yerda, «Real»da men «Negreyra ishi»ning muhim yillariga guvoh bo‘ldim. O‘shanda bu haqda hech kim bilmasdi, biroq biz bu jarayondan o‘tdik va bundan zarar ko‘rdik. Endi esa bu haqda hamma biladi. Keyin Turkiyada katta mojaro yuz berdi. Men ko‘pincha shunday vaziyatlarga duch kelganman», — dedi Mourinio Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Hozirda «Barselona» bilan bog‘liq ushbu ish yuzasidan tergov jarayoni davom etmoqda. Kataloniya klubi uzoq yillar davomida Hakamlar texnik qo‘mitasi vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyra bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirgan.
«Barselona» vakillari esa ushbu mablag‘lar hakamlik faoliyatiga ta’sir o‘tkazish uchun emas, balki Negreyraning hakamlar haqidagi hisobotlari uchun to‘langanini ta’kidlab kelmoqda.
Ma’lumot uchun, «Negreyra ishi» Ispaniya futbolidagi eng katta bahsli mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi