Live
1
O'zbek

Uilshir birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi

Futbol
8 oktabr, 08:45
Sobiq yarimhimoyachi o‘zi bilan birga to‘p tepgan futbolchilar orasida Ueyn Runi eng kuchlisi bo‘lganini ta’kidladi.
Uilshir birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi
Foto: Getty Images

«Arsenal»ning sobiq yarimhimoyachisi Jek Uilshir o‘zi bilan birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi kim bo‘lganini aytdi. Angliyalik futbolchi bu borada milliy jamoa safida birga to‘p tepgan Ueyn Runini tanladi.

Uilshirning fikricha, Runi faoliyati davomida birga o‘ynagan futbolchilari orasida eng yuqori saviyaga ega futbolchi bo‘lgan.

«Men birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi? Ueyn Runi», — deya Uilshirning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Uilshir Angliya milliy jamoasi safida 34 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Runi esa Angliya milliy jamoasi safida 120 ta bahs o‘tkazib, 53 ta gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, Runi klub miqyosida «Everton», «Manchester Yunayted», «Di Si Yunayted» va «Derbi» jamoalarida to‘p tepgan.

Bugungi yangiliklar