Live
1
O'zbek

«Galatasaroy» Brunu Fernandeshga qiziqish bildirmoqda

Futbol
8 oktabr, 08:00
Turkiya klubi portugaliyalik yarimhimoyachi uchun «Milan» va «Yuventus»dan ko‘ra yaxshiroq shartlarni taklif qilmoqda.
«Galatasaroy» Brunu Fernandeshga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning hujumkor yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh «Galatasaroy»ning transfer maqsadlari ro‘yxatidan joy olgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turkiya grandi avvalgi muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng portugaliyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishini yana tiklagan. «Galatasaroy» Fernandeshni o‘z safiga qo‘shish uchun muzokaralarga tayyorlanmoqda.

Fernandesh xizmatlariga «Milan» va «Yuventus» ham qiziqish bildirmoqda. Biroq har ikki klub ham «Galatasaroy» taklif qilayotgan shartlarni takrorlashga tayyor emas. Shu sababli ayni paytda turkiyaliklarning taklifi 32 yoshli futbolchi uchun eng jozibador variant bo‘lib turibdi.

Fernandesh ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» safida barcha turnirlarda 7 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, portugaliyalik yarimhimoyachining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar