Bugun
10
O'zbek

Superliga. «Neftchi» Farg‘onada «Xorazm»ni yenga olmadi

Futbol
7 oktabr, 11:54
    84
Tur sensatsiya bilan boshlandi.
Superliga. «Neftchi» Farg‘onada «Xorazm»ni yenga olmadi
Фото: Нефтчи ПФК
07.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Neftchi Fargona Neftchi Fargona 2 : 2 Xorazm Xorazm

Superligada 23-tur uchrashuvlariga start berildi. «Neftchi» o‘z maydonida «Xorazm»ni qabul qildi. Gollarga boy kechgan bellashuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Dastlab 8-daqiqada Rafael Tavaresh hisobni ochdi. 25-daqiqada Stipe Peritsa muvozanatni tikladi. Tanaffus oldidan braziliyalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi. 62-daqiqada Jamshid Iskanderov farg‘onaliklarning 2-goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, «Neftchi» 52 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Urganch klubi esa 22 ochko to‘plab, 14-pog‘onada bormoqda.

Superliga. 23-tur
Neftchi – Xorazm 2:2
Gollar:
Rafael Tavaresh, 8 (0:1), Stipe Peritsa, 25 (1:1), Rafael Tavaresh 36 (1:2), Jamshid Iskanderov, 62 (2:2)
Neftchi: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Tsiger, 5.Ikrom Aliboyev, 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (34.Farruh Sayfiyev, 74), 7.Abror Ismoilov, 9.Xurshid G‘iyosov (8.Vladimir Yovovich, 46), 10.Jamshid Iskanderov, 15.NurMuhammad Abdug‘aniyev, 18.Stipe Peritsa (32.Zoran Marushich, 74), 22.Alisher Odilov (11.Asilbek Jumayev, 74), 52.Koffi Kouao.
Xorazm: 77.Umidjon Ergashev, 5.Abbos Otaxonov, 9.Sardor Azimov, 10.Rafael Tavaresh, 13.Elzio Lohan (8.Nodir Abduxoliqov, 75), 15.Diyor Ortiqboyev, 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 88.Abror Xo‘sinov, 94.Rustamjon Abduhamidov (79.Aziz Axrorov, 68), 96.Rafael Sabino (6.Nurjahon Muzaffarov, 68).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Xorazm Xorazm
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

84 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar