«Real Madrid» matbuot xizmati «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning yetti karra chempioni, dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkarasning Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan ATP-500 turniridagi g‘alabasiga munosabat bildirdi. Chempionlik uchun kechgan bahsda ispaniyalik tennischi Chexiya vakili Irji Lexechkani (reytingda 19-o‘rin) 7:6 (7:4), 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
«Tabriklaymiz, Karlos Alkaras, Yaponiyadagi turnirda ikkinchi chempionlikni qo‘lga kiritding. Barcha madridchilar sening navbatdagi g‘alabang bilan juda faxrlanishadi. 27 ta sovrin! Barakalla, chempion!» - deyiladi «Real Madrid» matbuot xizmatining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasidagi Alkarasga yo‘llagan murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, Karlos Alkaras Tokioda chempionlik unvonini himoya qila oldi. O‘tgan yilgi finalda u amerikalik Teylor Fritsni mag‘lub etgandi. Tokio-2026da ispaniyalik sportchi faoliyatidagi 27-chi va mavsumdagi uchinchi chempionligini qo‘lga kiritdi.