Live
3
O'zbek

«Real» «Inter» yarimhimoyachisini 65 mln yevroga sotib olishi mumkin

Futbol
6 oktabr, 11:16
Petar Suchich transfer bozorida qator klublarning qiziqishiga sababchi bo‘lmoqda.
«Real» «Inter» yarimhimoyachisini 65 mln yevroga sotib olishi mumkin
Foto: Gettyimages

Milanning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Petar Suchich transfer bozorida bir qator klublar qiziqishiga sababchi bo‘lmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar bermoqda.

Insayderning ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli xorvatiyalik futbolchi Madridning «Real», «Nyukasl» va «Nottinghem Forest» klublari e’tiborida bo‘lib turibdi. Italiya klubi esa yarimhimoyachini 60-65 million yevroga baholamoqda.

Ta’kidlash lozim, Suchichning Milan top-klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2030-yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining yangi mavsumida yarimhimoyachi to‘rtta bahsda maydonga tushib, samarali harakatlar amalga oshirishga muvaffaq bo‘la olmadi.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» A Seriya yangi mavsumida 5 ta turda 13 ochko to‘plab, jadvalning ikkinchi pog‘onasini egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar