Live
4
O'zbek

Futzal. BMB yana peshqadam, «Xorazm» 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Boshqalar
6 oktabr, 10:27
«Zarafshon» va «Neftchi» jamoalari hozircha chempionatda birorta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi.
Futzal. BMB yana peshqadam, «Xorazm» 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Фото: Сайхун ПФК

Futzal bo‘yicha Oliy ligada 2-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Ushbu tur bellashuvlariga yana Jizzax shahri mezbonlik qildi.

2-turda «Xorazm» jamoasi uchchala bahsda ham g‘alaba qozondi. BMB esa ikki g‘alaba va bir durang qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. SQB esa markaziy bahsda amaldagi chempionga yutqazdi. «Sayxun» futzalchilari esa uchta bellashuvda ham yutqazib, turnir jadvalida pastladi.

Navoiyning «Zarafshon» va «Neftchi» jamoalari hozircha chempionatda birorta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi. 2-tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, BMB 16 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Xorazm» 2-o‘rinda bormoqda. Kuchli uchlikni SQB yakunlab bergan.

Navbatdagi tur uchrashuvlari oktabr oyining so‘nggi haftasiga belgilangan.

Turnir jadvali:

Bugungi yangiliklar