Live
4
O'zbek

«Manchester Yunayted» «Milan» yarimhimoyachisiga qiziqib qolgan

Futbol
6 oktabr, 10:09
Fransiyalik futbolchi Yussuf Fofana faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
«Manchester Yunayted» «Milan» yarimhimoyachisiga qiziqib qolgan
Foto: Gettyimages

«Sevilya»da ijara huquqi asosida o‘ynayotgan «Milan»ning fransiyalik yarimhimoyachisi Yusuf Fofana Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, 27 yoshli yarimhimoyachiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

Ispaniya klubi futbolchini «Lion»ga o‘tishi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin sotib olish huquqisiz ijaraga olgan edi. Futbolchining «Milan» bilan shartnomasi 2028-yilning yozigacha amal qiladi. Tayanch yarimhimoyachining aktual transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Fofana Ispaniya chempionatining yangi mavsumida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. «Sevilya» esa 7-turdan keyin 13 ochko bilan musobaqa jadvalining 5-pog‘onasini band etib turibdi.

Bugungi yangiliklar